Yangiliklar

img
Wed, 07/06/2022 - 19:56

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkaziladi

       Davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish jarayonlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat komissiyasining 1-son bayoni tasdiqlandi.

       Unda 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish uchun kirish test sinovlari stadion va xiyobonlarda o‘tkazilishi belgilandi.

       Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Taqsimotga binoan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga jami 26 ta kvota ajratildi. Unga ko'ra: 

1. Kunduzgi ta'lim uchun: 18 ta. 
2. Sirtqi ta'lim uchun: 5 ta. 
3. Kechki ta'lim uchun: 3 ta.

       Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar, SOS — bolalar mahallalari va oilaviy bolalar uylari bitiruvchilari, shuningdek, yigirma besh yoshgacha bo‘lgan vasiylikka, homiylikka yoki oilaga tarbiyaga olingan (patronat) yetim bolalar (25 yoshga to‘lmagan) uchun qo‘shimcha bir foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Taqsimotga binoan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga jami ajratilgan kvota: 14 ta.  Unga ko'ra: 

1. Kunduzgi ta'lim uchun: 9 ta. 
2. Sirtqi ta'lim uchun: 3 ta. 
3. Kechki ta'lim uchun: 2 ta.

       Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan huquqbuzarlik profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashda munosib hissa qo‘shgan, xizmat yoki ilmiy faoliyatida yuqori natijalarga erishgan ichki ishlar organlarining amaldagi xodimlari farzandlari uchun qo‘shimcha besh foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Taqsimotga binoan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga jami ajratilgan kvota: 11 ta davlat granti.

       Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan bojxona xizmatiga salmoqli hissa qo‘shgan, ish jarayonida ma’lum bir natijalarga erishgan bojxona organlarida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari uchun qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Taqsimotga binoan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga jami ajratilgan kvota: 4️ ta davlat granti.

       Davlat komissiyasining 1-son bayoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tab, harbiy qism qo‘mondonligining tavsiyanomalariga ega bo‘lganlar uchun qo‘shimcha besh foizli qabul ko‘rsatkichlarining oliy ta’lim muassasalari va ta’lim shakllari kesimidagi taqsimoti tasdiqlandi. Taqsimotga binoan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetiga jami ajratilgan kvota: 4️6 ta. Shundan:

Davlat granti: 1️1 ta. 
To'lov-shartnoma: 35 ta.