Yangiliklar

img
Wed, 09/21/2022 - 22:24

Olimalarimizdan xushxabar

O‘zbekiston Respublikasi oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi va hamkor tashkilotlar tomonidan joriy yilning iyul-avgust oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Hududning 100 nafar ixtirochi ayoli” tanlovi o‘tkazildi. Bu tanlov yurtimizdagi  faol,  shijoatli va salohiyatli olimalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish maqsadida tashkil etildi. 
Quvonarlisi shundaki, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professorlari Zulxumor Xolmanova  “Eng  samarali innovatsion loyiha (fan va texnikaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha), Munavvara Qurbonova  “AKTni rivojlantirish bo‘yicha  eng yaxshi innovatsion loyiha (EHM uchun yaratilgan dastur va ma’lumotlar bazasi)”  nominatsiyalarida g‘olib bo‘ldilar.