Yangiliklar

img
Sat, 03/16/2024 - 12:21

Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!

Joriy yilning 15-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayram sayli tashkil etildi. Bayram tantanalarida universitet rektori boshchiligida pedagogik jamoa, talabalar, xorijlik til o'rganuvchilar, shuningdek xorijdagi vatandoshlarning katta guruhi ishtirok etdi. Sayil xalqimizning ming yillik an'analariga hamohang tarzda tashkil etildi. Milliy taomlar, soch o'rish, lapar aytish, alla aytish, arqon tortish, tosh ko'tarish singari 11 nomdagi tanlovlarda talabalar faol ishtirok etishdi. 
Universitet rektori, akademik Shuhrat Sirojiddinov bayram bilan barchani qutladi, tanlov g'oliblarini tabrikladi. Navro'z sayli kun bo'yi davom etdi va sumalak atrofidagi yoshlar oqshomiga ulanib ketdi. Xushovoz xonanda Shuhrat Daryo talabalarni o'zining diltortar taronalari bilan yanada xushnud etdi. Tonggacha sumalak atrofida go'zal tilaklar, samimiy suhbatlar, mushoiralar davom etdi.