Yangiliklar

img
Tue, 11/26/2024 - 18:16

Ogoh bo'ling: OITS!

2024-yil 26-noyabr kuni universitetimizning Oʻzbek tilinva adabiyot ta'limi fakulteti 109-guruh talabalari tomonidan "OITSdan ogohlik – yashash uchun bir qadam" nomli tadbir tashkil etildi. Ushbu tadbir 1-dekabr – “Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni”ga bag‘ishlangan edi. 
Tadbirga universitet tibbiy xodimlari – shifokor N. Shermatova, hamshira F. Davronova, psixolog N. G‘iyosova hamda Toshkent shahar OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari M.Z. Zoirov va M.M. Mirzayevlar taklif etildi. Tadbir davomida OITS kasalligining xavfliligi haqida atroflicha ma’lumotlar berilib, mavzuga oid videorolik namoyish qilindi. Shuningdek, talabalar va ko‘ngilli xodimlar o‘z salomatliklarini tekshirish maqsadida ixtiyoriy qon topshirishdi. 
Tadbirda namoyish etilgan videoroliklar va sahnali chiqishlar orqali ushbu global muammo – OITS epidemiyasining oldini olish va unga qarshi kurashish barcha uchun dolzarb mas’uliyat ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. Bunday tadbirlar yoshlarda salomatlikni saqlash va kasallikdan ogoh bo‘lish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega.