Yangiliklar

img
Thu, 10/23/2025 - 12:02

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Ochiq eshiklar kuni” munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Yoshlar ittifoqi yetakchilari, faol talabalar hamda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida Yoshlar ittifoqi vakillari talabalarga o‘z iqtidor va qobiliyatlarini ilmiy, ijodiy hamda hunar yo‘nalishlarida namoyon etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdilar. Shuningdek, turli loyihalar, tashabbuslar va tanlovlar orqali yoshlar uchun keng yo‘l ochilayotgani ta’kidlandi.
Tadbir samimiy muloqot tarzida o‘tib, mehmonlar va talabalar o‘zaro fikr almashdilar, yangi g‘oyalar va takliflarni muhokama qildilar. Uchrashuv davomida hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalar rejalashtirildi.
Tadbir yakunida Yoshlar ittifoqi tomonidan faol ishtirok etgan talabalar taqdirlandi. “Ochiq eshiklar kuni” yoshlar uchun nafaqat ma’naviy-ma’rifiy tajriba, balki o‘z salohiyatini namoyon etish imkonini bergan muhim maydon bo‘ldi.