Yangiliklar

img
Fri, 06/27/2025 - 23:35

“Ochiq eshiklar kuni” doirasida maktab bitiruvchilari universitetda mehmon bo‘lishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-maydagi 203-son buyrug‘iga asosan, “Yoshlar bandligi oyligi” doirasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
Mazkur tadbirda poytaxtimizdagi 118-maktabning bitiruvchi o‘quvchilari ishtirok etdilar. Tashrif davomida mehmonlarga universitetdagi zamonaviy ta’lim muhiti, mavjud infratuzilma va o‘quv sharoitlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
O‘quvchilar auditoriyalar, fan laboratoriyalari, kutubxonalar hamda boshqa ta’lim maskanlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Jumladan, auditoriyalarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar va multimedia vositalari bilan jihozlangani, laboratoriyalardagi amaliy mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona fondining boyligi bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazildi.

  

Shuningdek, tadbir doirasida ishtirokchilarga universitetda mavjud bakalavriat va magistratura yo‘nalishlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi. O‘quvchilar quyidagi yo‘nalishlar bilan tanishdilar:
 • O‘zbek tili va adabiyoti
 • Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili)
 • Matnshunoslik va adabiy matnshunoslik
 • Noshirlik ishi
 • Kompyuter lingvistikasi
 • Folklorshunoslik va shevashunoslik
 • Psixologiya (amaliy psixologiya)
 • Sotsiologiya
 • O‘zga tilli guruhlarda o‘zbek tili
 • Amaliy filologiya
 • Tarjima nazariyasi va amaliyoti (ingliz, rus, nemis, fransuz tillari)
Talabalik hayoti, kasbiy tayyorgarlik jarayoni va bitiruvchilarning mehnat bozoridagi o‘rni haqida ham sodda va tushunarli tarzda tushuntirishlar berildi. Tadbir maktab bitiruvchilari uchun muhim kasbiy yo‘nalishni tanlashda amaliy ahamiyat kasb etdi.