img

Normamatov Sultonbek Ermamatovich

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor


Normamatov Sultonbek Ermamatovich- 2019-yil 14-noyabrda Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlangan. Bu vaqtgacha Guliston davlat universitetida kafedra mudiri, dekan, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor lavozimlarida ishlagan.

Tilshunos olim S.Normamatov 2000-yilda oʻzi tug‘ilib o‘sgan Sirdaryo viloyatida joylashgan Guliston davlat universitetida O‘zbek tili va adabiyoti ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr, 2003-yilda “Lingvistika (o‘zbek tili)” mutaxassisligi bo‘yicha magistr darajasini olgan. 

S.Normamatovning tadqiqotlari XIX asrning oxiri XX asrning 20-30-yillaridagi o‘zbek tilshunosligi tarixi, ya’ni mazkur davrda ijod qilgan jadid ma’rifatparvarlarining tilshunoslik faoliyatini tadqiq etish masalalariga bag‘ishlangan. Bu yo‘nalishda 2011-yilda “Abdulla Avloniy she’riyati leksikasining ma’noviy-uslubiy xusussiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

 
Mazkur yo‘nalishdagi ishlarini davom ettirib, 2020-yilda “O‘zbek lug‘atchiligining shakllanishi va rivojlanishida jadid ma’rifatparvarlarining o‘rni” mavzusida doktorlik (DSc) dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi. Dissertatsiyada ma’rifatparvar jadid adiblarining o‘zbek leksikografiyasi taraqqiyotidagi o‘rni ular yaratgan filologik  lug‘atlarning lingvistik tadqiqi asosida ilmiy baholangan. 


S.Normamatov tomonidan e’lon qilingan nashrlar: “Abdulla Avloniy she’riyati leksikasi” (monografiya, 2012), “Jadid adiblarining lug‘atshunoslik faoliyati” (monografiya, 2018). “Leksikografiya asoslari” (o‘quv-qo‘llanma, 2021).
Professor S.Normamatov ilmiy-tadqiqiot yo‘nalishidagi faoliyati bilan birga 2016-yildan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek lili va adabiyoti universitetida katta o‘ituvchi, dotsent, professor lavozimlarida ham ishlab, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”, “O‘zbek tilshunosligi tarixi”, “Leksikografiya asoslari” fanlaridan o‘quv mashg‘ulotlarini olib bormoqda.

 

O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor bir vaqtning o‘zida Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti qoshidagi akademik litseyning direktori hisoblanadi. Universitet qoshidagi akademik liseyda “Turk tili o‘quv markazi”, “Xitoy tili o‘quv markazi” faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.