
Nomdor stipendiyalar
Hurmatli talabalar!
2022-2023-o'quv yili uchun O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar tanlovi boshlanishini ma'lum qilamiz.
* Prezident stipendiyasi uchun barcha fanlarni doim a'loga o'zlashtirgan, eng kamida 2 ta maqolasi (yoki tezisi)e'lon qilingan faqat bitiruvchi kurs talabalari (bakalavriat 4-kurs, magistratura 2-kurs) hujjat topshirishi mumkin.
*Navoiy hamda Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalari uchun barcha fanlarni a'loga o'zlashtirgan (ko'pi bilan 25 %i yaxshi), eng kamida 2 ta maqolasi (yoki tezisi) e'lon qilingan oxirgi ikki kurs talabalari (3,4-kurslar) hujjat topshirishi mumkin.
Hujjatlar yig'ma jildining ustiga talabgorning F.I.Sh. qaysi stipendiya uchun talabgor ekanligi ko'rsatilishi lozim. Yig'ma jild tarkibiga quyidagilar kiritiladi:
1. Fakultet dekani tavsiyanomasi.
2. Kafedra mudiri tavsiyanomasi (sohasiga qarab).
3. Ilmiy rahbar xulosasi.
4. OTMda tahsil olish davomida e'lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlar ro'yxati.
5. OTMda tahsil olish davomida e'lon qilgan ilmiy-ijodiy ishlarining sifatli nusxasi.
6. OTMda tahsil olish davomida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning sifatli nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va b. )
Hujjatlar joriy yilning 25-iyuniga qadar universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi Orifjon Olimjanov tomonidan qabul qilinadi.
Manzil: O'zbek tili va adabiyotini o'qitish fakulteti, 202-xona
Savollar va murojaatlar uchun:
1. @Orifjon_Olimjanov
2. +998942748370