Yangiliklar

img
Mon, 02/28/2022 - 12:32

Nazariy-metodologik seminar munozaraga boy bo'ldi

Joriy yilning 28-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida maʼnaviy masalalarga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Unda  tyutorlar, xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilar, maʼnaviyat masalalari boʻyicha dekan muovinlari, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori ishtirok etdi.  Yigʻilishni  Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor  B.Xoliqov  olib bordi  va universitetda maʼnaviy masalalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar xususida toʻxtalib oʻtdi.  Ayniqsa, universitetda xotin-qizlar masalalari borasidagi ishlarni yanada jonlantirish, qizlarni turli tadbirlar va toʻgaraklarga keng jalb etish, shuningdek,  ular bilan ishlashda psixolog bilan birgalikda individual suhbatlar olib borish, turli mazmundagi  treninglarni tashkil etish masalasiga katta urgʻu berdi. 
Shu bilan birga prorektor oʻz soʻzida tyutorlarning ishlarini muntazam takomillashtirib borish masalasiga eʼtiborini qaratdi.  Mahallalarda yoshlar bilan ishlashda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ushbu mexanizm boʻyicha talabalarni targʻibot va tashviqot ishlariga qamrab olish masalalari muhokama etildi. 
Yigʻilishda mart oyi rejalari, maʼnaviy tadbirlar, badiiy kechalar, kitobxonlik bayramlari haqida ham  kelishib olindi.