
Nazariy metodologik seminar haqida
Joriy yilning 31-mart kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetining O'zbek filologiyasi fakultetida nazariy metodologik seminar tashkil etildi. Eslatib o'tamiz, mazkur seminar olimlar, ilmiy izlanuvchilar, tadqiqotchilar uchun ilmiy munozara maydoni hisoblanib, unda o'zbek tili va adabiyotining muhim ilmiy-metodologik masalalari muhokama qilinadi.
Seminarda filologiya fanlari doktori, professor Samixon Ashirboyev "Mumtoz asarlar matnini hozirgi alifboga o'girishning muammoli masalasi" mavzusida ma'ruza qildi. Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) Orzigul Hamroyeva "Mumtoz qofiyaga oid manbalar tasnifi" mavzusida taqdimot qildi.
Ma'ruzalar so'nggida ilmiy izlanuvchilar tomonidan sohaga oid muammoli savollar berildi. Tajribali va yetuk mutaxassislar muammoli masalalar uchun ilmiy yechimlar taklif qildi. Ushbu nazariy metodologik seminarda ma'ruzalar atroflicha o'rganilib, muhokama qilindi.