
Mon, 03/14/2022 - 17:12
Navro'z sayliga tayyorgarlik
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida Yoshlar masalalari va maʻnaviy-maʻrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.Xoliqov boshchiligida maʼnaviy-maʼrifiy masalalarga bagʻishlangan yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Unda shu yoʻnalish dekan muovinlari, xotin-qizlar boʻyicha kengash raisi, universiteti yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori ishtirok etdi. Yigʻilishda Navroʻz umumxalq bayramiga tayyorgarlik masalalari muhokama etildi.