Yangiliklar

img
Fri, 02/09/2024 - 12:26

Navoiyni xotirlab

Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan joylarda turli tadbirlar, davra suhbatlari tashkil etilmoqda. Shunday tadbirlarga universitetimiz olimlari ham mehmon ma'ruzachi sifatida taklif etildi. 
2024-yil 6-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy kutubxonasida Mir Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan “Orzu qildim vafo ahlin ko'ray deb...” mavzusida adabiy-badiiy kecha tashkil etildi. Tadbirda “Oʻzbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsentlari:  filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Sohiba Umarova,  filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori Matluba Jabborova Alisher Navoiy ijodining bugungi kundagi olamshumul ahamiyati toʻgʻrisida gapirib, hazrat Navoiy ijodining targʻibi boʻyicha tavsiyalar aytib oʻtdi. 
5-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Bojxona qo'mitasi, Bojxona institutida ham ayni mavzudagi tadbir bo'ldi o'tdi. Tadbirda universitetimizning O'zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov ishtirok etdi. 

 

TDAUda "O‘zbek tilining sohada qo‘llanilishi" fanidan "Sohaviy so‘z va terminlarning boyib borish manbalari", “Zamonaviy ilm-fan bizdan nimani kutmoqda?” mavzusida binar seminar darsi o‘tkazildi. Mazkur darsni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti “Ona tili ta’limi” kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari doktori G.M.Axmedova  olib bordi. G‘oyat qiziqarli, mazmunli, interaktiv tarzda o‘tkazilgan binar seminar darsda sohaviy atamalarning boyib borish manbalari, so‘zlarning etimologiyasi, fanlar bilan bog‘liqligi, tilimiz va adabiyotimiz asoschilari Alisher Navoiy, Z.M.Bobur asarlaridan olingan parchalar bilan ilmiy asosda tahlil qilib berildi.