Yangiliklar

img
Fri, 02/07/2025 - 17:09

Navoiy yodi ila yashaymiz mudom

2025-yil 7-fevral kuni Adiblar xiyobonida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ustoz va talaba yoshlari ishtirokida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligiga bag‘ishlangan “Navoiy yodi ila yashaymiz mudom” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar ishtirokida Navoiy hazratlarining g‘azallari o‘qildi, shuningdek, mutafakkir hayoti va ijodiga bag‘ishlangan sahna chiqishlari namoyish etildi. Ushbu tadbir buyuk bobokalonimiz merosini chuqur anglash, yosh avlodni ma’naviy merosimizga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.