Yangiliklar

img
Mon, 11/28/2022 - 12:34

Navoiy va XXI asr yoshlari

O'zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida "Navoiy yodi ila yashaymiz mudom" mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.  Tadbirda filologiya fanlari nomzodi , dotsent A.Tilovov, dekan o'rinbosari A.Qurbonov, fakultet tyutorlari, hamda yuzdan ortiq talabalar, shahrimiz mehmonlari, adabiyotga ixlosmand hamyurtlarimiz ishtirok etishdi. 
Tadbirda talabalar ijrosidagi ajoyib kuy-qo'shiqlar, betakror g'azallar, ajoyib sahna ko'rinishlari barchaga birdek manzur bo'ldi. 
Dotsent A.Tilovov Navoiy ijodi va hayot yo'li haqida qiziqarli ma'lumotlar berdi. Xususan, XXI asrda Navoiy ijodiga bo'lgan qiziqish ortib borayotgani, ulug' mutafakkir ijodining umrboqiyligi haqida so'z bordi.