Yangiliklar

img
Mon, 11/27/2023 - 20:28

Navbatdagi xalqaro seminar turkiy adabiyotga bagʻishlandi

2023-yil 27-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Kengashi qoshidagi xalqaro nazariy-metodologik seminarning navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi. Seminarda L.N.Gumilyov nomidagi xalqaro Yevrosiyo universiteti olimi, filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos, yozuvchi Imongʻozi Nuraxmatoʻgʻli  «Hozirgi zamon qozoq romanlari haqida” mavzusida hamda O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Qo‘ldosh Pardayev “Muqimiyning yangi aniqlangan maktublarida davr ijtimoiy va adabiy hayoti tasviri” mavzusida ma’ruza qildilar.  Yozuvchi Imongʻozi Nuraxmatoʻgʻli zamonaviy qozoq romanlarining mavzu ko‘lami, syujet xususiyatlari haqida to‘xtaldi. Filologiya fanlari doktori Qo‘ldosh Pardayev Muqimiyning yangi topilgan maktublari, ularning janr tabiati to‘g‘risida batafsil gapirdi. Ma’ruza yuzasidan f.f.d., prof. U.Jo‘raqulov, f.f.d., prof. Baxtiyor Abdushukurov, professor-o‘qituvchilar, tayanch doktorant va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini berishdi. Qizg‘in bahs-munozara tarzida o‘tgan seminar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.