Nafis majlislar
2-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti tashabbusi bilan yosh iqtidorlarni aniqlash, ularni ijod olamiga yana-da yaqinlashtirish maqsadida “Nafis majlislar” nomli ijodiy kecha tashkil etildi.
Tadbirga O‘zbekiston Yosh ijodkorlarning “Zomin” seminari ishtirokchisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tashkil etilgan “Birinchi kitobim” loyihasida chop etilgan “Ko‘nglimdagilar” to‘plami muallifi Niyatullo Elbek o‘g‘li; yosh ijodkorlarning “Zomin” seminari ishtirokchisi, Kamoliddin Behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti talabasi Erkin Hojimuhammad kabi yosh ijodkorlar taklif etildi. Shuningdek, Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti dekani M. Abdullayeva, yoshlar masalalari bo‘yicha dekan o‘rinbosari J.Norquziyev, fakultetning ijodkor talabalari: “Zomin” seminari ishtirokchisi, “Yulduzli maktub” kitobi muallifi Shahzodbek Jo‘rayev va “Bahor”, “Yor oldida” to‘plamlari muallifi Anvar Eshnazarovlar ham ishtirok etishdi.

Tadbirda tashrif buyurgan yosh ijodkorlar o‘z ijod namunalarini talabalar bilan baham ko‘rishdi. Talabalar tomonidan ijod va adabiy muhit haqidagi savollarga javob berishdi. Shuningdek, iqtidorli talabalar ham o‘z she’rlaridan o‘qib berishdi. Mushoira tarzida o‘tkazilgan ijodiy kecha ko‘tarinki kayfiyatda o‘tdi.


