
Mutolaa vaqti
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti Axborot-resurs markaziga azoir xalq demokratik respublikasining O'zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Nosir Busheritning yangi avtobiografik kitobi taqdim etildi. Kitob "Jazoirlik bolaning achchiq qismati" deb nomlanadi.
Asar achchiq haqiqat va badiiy to'qimaning mahsuli bo'lib, elliginchi yillarning oxiri va oltimishinchi yillarning boshidagi El Bayadda kechgan hayot o'sha paytda bola bo'lgan muallif tilidan hikoya qilinadi.
Bu asar roman ham, esse ham emas , u katta bir matnlar tizimida Jazoirning mustamlakachilik yillarida mahalliy aholi o'z vatanida qashshoqlik, azob-uqubat, kamchilik va yo'qchillikdan boshqa narsani ko'rmagan bolalarning boshdan kechirgan xotiralarini soddagina uslubda hikoya qiladi.
Biz ushbu kitobni , albatta , o'qib chiqishingizni tavsiya etamiz.