
Mutaxassislik va qo‘shimcha fanlardan malakaviy imtihonlar o‘tkazildi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitatida 2022-yil 23-fevral kuni tayanch doktorant, mustaqil izlanuvchi va tadqiqotchilar uchun malakaviy imtihonlarini tashkil etildi.
Imtihonlar10.00.01 – O‘zbek tili, 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik hamda 10.00.11 – Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosliklari bo‘yicha malakaviy imtihonni qabul qilish komissiyasi tomonidan o‘tkazildi. Dastlab har bir ixtisoslik komissiya raislari talabgorlarga imtihon o‘tishi tartibi bo‘yicha tushuntirdilar. Imtihonlar savol-javob tarzida tashkil etildi. Imtihonda jami 22 nafar talabgor ishtirok etdi. Imtihon natijalarini Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limidan bilish mumkin (71-2814539).