Yangiliklar

img
Fri, 03/01/2024 - 11:57

Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar bilan suhbat o'tkazildi

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida ”gi 304-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risida”gi nizomga asosan 2024-yil 29-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida mustaqil izlanuvchilikka qabul  qilish bo‘yicha suhbat bo‘lib o‘tdi. Universitetning etakchi olimlari ishtirok etgan ushbu suhbat avvalida ta'kidlanganidek, adabiyotshunoslik, tilshunoslik, tarjimashunoslik singari sohalarda eng dolzarb va yechimini kutib turgan muammolar bo'yicha ilmiy izlanishlar olib borish zamon talabidir. Shu bois  talabgorlarning ilmiy ish bo'yicha ko'nikmalari, tadqiqot mavzularining dolzarbligi va ahamiyati haqida savollar berildi. Mustaqil izlanuvchilikka (PhD) qabul qilish yuzasidan navbatdagi tanlov yakuni bo'yicha xulosalar tez orada rasmiy saytimizda e'lon qilinadi. 
Suhbat jarayonlari video kuzatuv ostida (onlayn translyatsiya), shaffof tarzda o‘tkazildi.