Yangiliklar

img
Wed, 03/02/2022 - 19:22

Mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi  304-sonli “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori bilan tasdiqlangan “Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan 2022-yil 2-mart kuni mustaqil izlanuvchilik institutiga qabul qilish bo‘yicha suhbat o‘tkazildi. Suhbat o‘tkazish bo‘yicha qabul haya’ati tarkibi universitet rektorining 2022-yil 25-fevraldagi №06-5-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlandi. Suhbatda 5 ta ixtisoslik bo‘yicha jami 19 nafar talabgorlar ishtirok etdi. Suhbat natijalariga ko‘ra 15 nafar talabgor suhbatdan o‘tdi, 4 nafari suhbatdan o‘ta olmadi. Suhbar natijalari bo‘yicha to‘liq ma’lumotni Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limidan olishingiz mumkin (71-2814539).