Yangiliklar

img
Wed, 11/30/2022 - 14:16

Munosiblar taqdirlandi

30-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universitetining “Ona tili va adabiyot ta’limi fakulteti” tashabbusi bilan yosh iqtidorlarni aniqlash, ularni ijod olamiga yana-da yaqinlashtirish maqsadida “Nafis majlislar” nomli ijodiy kecha tashkil etildi. Ijodiy kechaga “Kelajak bunyodkori” ko‘krak nishoni sohibasi, “Yosh kitobxon-2022” ko‘rik tanlovi g‘olibasi Sevinch Avazova, Zomin seminari-2022 ishtirokchilari, Yosh ijodkorlar Erkin Hojimuhammad va Abdulla Axmatovlar tashrif buyurishdi. Tadbirni fakultetning Yoshlar masalalari va ma’naviy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Jamshid Norqo‘ziyev o‘z nutqi bilan ochib berdi. Mehmonlar va talabalardan o‘z ijodiga mansub she’rlar tinglandi. Ijodiy kecha davomida Audio she’rlar tanlovi g‘oliblari ham e’lon qilindi. 
Eng ko‘p tinglangan audio she’r nominatsiyasida 105-guruh talabasi Xonimqulova Oydin, eng ko‘p e’tirof etilgan  audio she’r nominatsiyasida kechki 101-guruh talabasi Elboyeva Dilbar, so‘rovnomada eng ko‘p ovoz olgan audio she’r nominatsiyasida 102-guruh talabasi O‘rolov Sardor, hakamlar ma’qul topgan eng yaxshi audio she’r nominatsiyasida 207-guruh talabasi Tangirov Xudoynazar, shuningdek ijodiy kechada faol ishtirok etganligi  uchun 207-guruh talabasi Fazliddinov Sardorbek diplom va kitoblar bilan taqdirlandilar.