Yangiliklar

img
Fri, 11/25/2022 - 19:03

Munosib e'tirof

Folklorshunoslik va dialektologiya kafedrasi mudiri professor Samixon Ashirboyev Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Ahmet Baytursunov nomidagi ko'krak nishoni  bilan taqdirlandi. 
Ahmet Baytursunov qardosh qozoq xalqining atoqli olimidir.  Joriy yilda barcha turkiy davlatlarda Ahmet Baytursunov tavalludining  150 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy anjumanlar o‘tkazilmoqda.  Shu kabi anjumanlarda turkiy xalqlar tarixi, tili, madaniyati va adabiyotini o‘rganish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borayotgan olimlarga Ahmet Baytursunov nomidagi ko‘krak nishoni topshirilmoqda.  Bu yuksak e'tirof bilan ustozimiz,  filologiya fanlari doktori,  professor Samixon Ashirboyevni tabriklaymiz!