Yangiliklar

img
Fri, 10/28/2022 - 14:05

Munosib e'tirof

Samarqandda MDH Palamentlararo Assambleyasining kuzgi sessiyasi o‘tkazilmoqda. Dastlab, assambleyaning madaniyat, axborot, turizm va sport bo‘yicha, qishloq xo‘jaligi siyosati, tabiiy resurslar va ekologiya bo‘yicha, hamda siyosiy masalalar va xalqaro hamkorlik bo‘yicha 3 ta doimiy komissiyalarining majlislari bo‘lib o‘tdi. An’anaga ko‘ra, Assambleyaning yalpi majlislarida MDH Parlamentlararo assambleyasining mukofotlari topshiriladi. Kengash raisi bu galgi taqdirlash marosimini Chingiz Aytmatov nomidagi mukofot laureatini mukofotlashdan boshlashni taklif qildi. Assambleyaning 54-yalpi majlisida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofot bilan taqdirlandi. Mukofotni MDH PA kengash raisi Valentina Matviyenko, Qirg’iz Respublikasi Jokorgu Keneshi toragasi Nurlanbek Shakiyevlar topshirdi. 


Mazkur nufuzli mukofot ziyolilarga madaniyat, ta’lim, fan, adabiyot va san’at sohasidagi ulkan yutuqlari, millatlar va elatlarning madaniyatini yaqinlashtirish va o‘zaro boyitish, tinchlikni mustahkamlashda erishgan yutuqlari hamda davlatlar o‘rtasidagi ma'naviy aloqalarni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun beriladi.