Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir
15-aprel kuni Nizomiy nomidagi Milliy pedagogika universiteti akademik litseyida taniqli o‘zbek shoiri Muhammad Yusuf hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Amaliyot bo‘limi tashabbusi bilan o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi 2-kurs talabalari — Malakaviy (o‘quv-tanishuv) amaliyotini o‘tayotgan amaliyotchilar faol ishtirok etdilar. Ular shoir hayoti va ijodiga oid chiqishlarda qatnashib, she’rlarni ifodali o‘qish, sahna ko‘rinishlarini namoyish etish hamda tadbirni tashkiliy jihatdan qo‘llab-quvvatlash orqali o‘z iqtidor va faolliklarini namoyon etdilar.
Tadbirda shoirning umr yo‘ldoshi Nazira as-Salom hamda filologiya fanlari doktori, professor S. Normamatov ishtirok etib, Muhammad Yusuf ijodining mazmun-mohiyati, uning xalq qalbidan chuqur o‘rin olgan she’rlari haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Amaliyot bo‘limi tomonidan olib borilgan kuzatuvlarga ko‘ra, 2-kurs amaliyotchi talabalar Malakaviy (o‘quv-tanishuv) amaliyoti davomida egallagan bilim va ko‘nikmalarini amalda samarali qo‘llab, tadbirda faol va tashabbuskor ishtirok etdilar.



