Yangiliklar

img
Sat, 12/02/2023 - 14:59

Muhammad Ismoilning “Ijod gulshan”i

2023 -yil 1 - dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 1- TTJ va 2 - TTJda  yashaydigan talabalar ishtirokida xalqimizning sevimli shoiri, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi  a’zosi, Turon xalqaro akademiyasining akademigi Muhammad Ismoil bilan “Ijod gulshani” deb nomlangan ijodiy  uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni fakultet dekani, filologiya fanlari doktori, professor  Saodat Muhamedova olib bordi. Uchrashuvda  Oʻzbek tili ta’limi fakulteti ijodkor yoshlari  shoir Muhammad Ismoil she’rlaridan namunalar o‘qib, o ‘zlari yozgan she’rlarni ham shoir hukmiga havola qildilar.  Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. 
Shoir Muhammad Ismoil qiziqarli  savol bergan va she’rlarini chiroyli yod olgan  talabalarga o‘z kitoblarini sovg‘a sifatida taqdim etdi.

  

Ijodiy uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor v.v.b. G.Joʻrayeva ham  ishtirok etib, shoirga  universitet rahbariyati nomidan sovg ‘alar topshirdi.
Norasmiy va do‘stona ruhda o‘tgan uchrashuvda shoir Muhammad Ismoil faoliyat olib borayotgan “Sharq yulduzi” jurnali bilan ijodiy hamkorlik borasida muhim rejalar borasida kelishib olindi.