Yangiliklar

img
Thu, 11/17/2022 - 09:58

Mudom yuksaklarda hilpirab tur, bayrog‘im!

Har bir davlatning borligini, xalqining birligini, qadriyat va tuyg‘ularini o‘zida mujassam etgan davlat ramzlari bo‘ladi. Davlat ramzlariga hurmat, shu davlatga va xalqqa bo‘lgan ehtiromni ifodalaydi. Hamyurtlarimiz jahon arenalarida eng yuqori cho‘qqilarni zabt etganlarida baralla jaranglaydigan madhiyamiz, yuksaklarda hilpiraydigan bayrog‘imiz bizga cheksiz g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi. 
1991-yilning 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan. Shu sana munosabati bilan yurtimizning turli go‘shalarida qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

2022-yil 16-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakultetida 18-noyabr davlatimiz bayrog'i qabul qilingan kun munosabati bilan tadbir tashkil etildi. Tadbirni fakultet dekani Baxtiyor Abdushukurov ochib berdi.  Talabalar tomonidan kuy va qo'shiqlar, sahna ko'rinishlari ijro etildi. Talabalarning har bir ijrosida muqaddas bayrog‘imizga hurmat aks etdi.