Yangiliklar

img
Thu, 06/08/2023 - 19:41

Miralining "Sevinch"i

Universitetimiz magistranti Mirali G'iyosov o'zbek tilidagi takomillashgan nutq sintezatorini yaratishga erishdi.
Bunday sintezator ko'zi ojizlar uchun uzoq vaqt davomida orzu bo'lib kelayotgani bois "Sevinch" deb nomlandi.
Taqdimot davomida loyiha mualliflari Mirali G'iyosov va uning do'sti Abdulaziz Salimov ushbu sintezatorning shu vaqtgacha yaratilgan shu turdagi dasturlardan ustun jihatlari bilan tanishtirishdi.
"Sevinch" ning qanday ishlashi namoyish qilindi. 
Ovoz Windows, Android, Linux, IOS tizimlarida ishlay olishi bilan ahamiyatlidir. 
Quvonarlisi, "Sevinch" ga tanlangan Nargiza Mirzayevaning ovozidan boshqa yangi ovozlar ham eshittirildi.
Filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonova boshchiligida yaratilgan "Uznutq" ovozi bazasidan foydalanib "Islom" ovozi bilan birga "Dilnavoz" deb nomlangan ovozlar ham taqdim etildi.


Eslatib o'tamiz, "Dilnavoz" ovozi egasi ham universitetimiz magistranti Dilnavoz Najimova!
Loyiha yana-da takomillashtirib borilishi ta'kidlab o'tildi. 
Universitetimiz magistranti Mirali ushbu ish uchun mukofot sifatida 9 million so'm bilan taqdirlandi.