
Wed, 03/02/2022 - 20:03
Mini futbol boʻyicha universitet birinchiligi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyot universitetida yigitlar oʻrtasida Mini futbol boʻyicha universitet birinchiligi oʻtkazildi. Yoshlar bilan ishlash va maʼnaviy-maʼrifiy masalalar boʻyicha birinchi prorektor B.Xoliqov jamoalarga omad tilab, tadbirni ochib berdi. Unda jami fakultetlardan 10 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalarga professional trener R.Alimboyeva hakamlik qildi. Jamoalarning kuchli bellashuvi natijasida 1-oʻrinni Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti (kunduzgi taʼlim shakli) jamoasi, 2-oʻrinni Oʻzbek tili va adabiyotini oʻqitish fakulteti (kechki taʼlim shakli) jamoasi, 3-oʻrinni Oʻzbek filologiyasi fakulteti jamoasi qoʻlga kiritdi.