Yangiliklar

img
Mon, 04/07/2025 - 20:39

“Milliy qadriyatlar sayli” tanlovi bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 7-aprel kuni Adiblar xiyobonida joylashgan Alisher Navoiy haykali poyida “Milliy qadriyatlar sayli” tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining talabalari va ustozlari faol ishtirok etdi.
Mazkur tanlov milliy urf-odatlar, an’analar, xalq amaliy san’ati va qadriyatlarini targ‘ib qilishga qaratilgan bo‘lib, unda talaba-yoshlar o‘z ijodiy ishlari, milliy liboslar, hunarmandchilik namunalari hamda sahna ko‘rinishlari orqali o‘zbek xalqining boy ma’naviy merosini namoyish etdilar.
Tadbir ishtirokchilari milliy qadriyatlarning yosh avlod tarbiyasidagi o‘rni haqida fikr almashib, bunday loyihalar yoshlarni vatanga sadoqat, o‘zlikni anglash va madaniy merosga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar.