Yangiliklar

img
Tue, 04/23/2024 - 17:20

Milliy qadriyatlar festivali boshlandi2

Turli mafkuraviy xurujlardan himoyalanish, asrlar davomida sayqallanib kelayotgan milliy qadriyat, an'analarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash muhim bugun ahamiyat kasb etadi. Zero, ma'naviyatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri milliy qadriyatlarimiz hisoblanadi. Qadriyatlar o'tmish bilan hozirgi kun o'rtasidagi vorisiylikni ta'minlaydi. Shu bois Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi  tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar festivalining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda Toshkent shahridagi OTMlarning talabalari, taniqli ijodkorlar, olimlar va jamoatchilik vakillari faol ishtirok etdilar. 
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti jamoasi ham festivalda qatnashib, milliy liboslarimiz, milliy oshxonamiz, milliy oʻyinlarimizdan iborat betakror chiqishlari bilan ishtirokchilarda iliq taassurot uygʻotdi. 

  

Festival doirasida “Milliy libos”, “Milliy raqs”, “Milliy taom”, “Milliy sport”, “Milliy qo'shiq” singari tanlovlar o'tkazildi. Festival 3 kun davom etadi va talablarimiz unda faol iahtirok etadilar.