Yangiliklar

img
Fri, 11/06/2026 - 19:00

Milliy öquv dasturini takomillaştiriş jarayonida universitet olimlari iştirok etdi

2026-yil 2–6-noyabr kunlari Toşkent şahridagi “Panarams” mehmonxonasida Respublika ta’lim markazi, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi (UNICEF) hamda Kembrij universiteti naşriyoti va ta’limni baholaş taşkiloti (Cambridge University Press & Assessment) hamkorligida Milliy öquv dasturini takomillaştirişga bağişlangan xalqaro seminar bölib ötdi.

Seminarning asosiy maqsadi takomillaştirilgan Milliy öquv dasturi asosida fanlar va sinflar kesimida öquv iş rejalarini işlab çiqiş, ularning mazmunini boyitiş hamda xalqaro ilğor tajribalar asosida ilmiy-uslubiy jihatdan takomillaştirişdan iborat böldi.

Mazkur jarayon umumiy örta ta’lim mazmunini yangilaş, öquvçilarning bilim va könikmalarini xalqaro talablar darajasiga olib çiqiş, ularda zamonaviy hayot va mehnat bozori talablariga mos bilim, malaka va layoqatlarni şakllantirişga qaratilgan ta’lim islohotlarining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.

Seminarda xalqaro ekspertlar, maslahatçilar va mahalliy mutaxassislar bilan bir qatorda Alişer Navoiy nomidagi Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti olimlari ham faol iştirok etdi. Xususan, universitetning Özbek tili va uni öqitiş metodikasi hamda Özbek adabiyoti va uni öqitiş metodikasi kafedralari professor-öqituvçilari Klaraxon Mavlonova, Dilafröz Hidoyatova, Surayyo Inomjonova va Husnora Baxtiyorova ona tili, özbek tili va adabiyot fanlari böyiça öquv iş rejalarini işlab çiqiş, ularning ilmiy-uslubiy asoslarini takomillaştiriş yuzasidan öz taklif va tavsiyalarini bildirdi.

Işlab çiqilgan öquv iş rejalari fan dasturidagi öquv maqsadlarini izçil özlaştiriş böyiça tavsiyalar, dars jarayonida foydalaniş mumkin bölgan öquv maşğulotlari namunalari, fanlarga oid atamalar röyxati, öquvçilarda uçraşi mumkin bölgan notöğri tuşunçalar tahlili hamda namunaviy dars işlanmalarini qamrab oldi. Uşbu materiallar öquv-uslubiy majmualar mualliflari va pedagoglar uçun muhim qöllanma bölib xizmat qiladi.

Seminar davomida ta’lim mazmunini bilim va könikmalarni amaliyotda qöllaşga yönaltirilgan yondaşuv, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida boyitiş, fanlararo uzviylikni ta’minlaş, öquvçilarning yoş va individual xususiyatlarini hisobga oliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Şuningdek, öquvçilarda mustaqil va tanqidiy fikrlaş, muammolarga maqbul yeçim topiş hamda egallagan bilimlarini kundalik hayotda qöllaş könikmalarini rivojlantirişga xizmat qiluvçi maşğulotlarni rejalaştiriş ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi.

Milliy öquv dasturini takomillaştiriş jarayonlari Islom taraqqiyot banki, Arab muvofiqlaştiriş guruhi hamda Ta’lim uçun global hamkorlik taşkiloti tomonidan moliyalaştirilayotgan SMART-ED loyihasi doirasida, Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Bolalar jamğarmasi va Kembrij universiteti naşriyoti va ta’limni baholaş taşkiloti hamkorligida Özbekiston Respublikasi Ta’lim va ilm-fan vazirligi tomonidan amalga oşirilmoqda.

Seminar doirasida işlab çiqilgan öquv iş rejalari va uslubiy tavsiyalar kelgusida umumta’lim maktablarida ona tili, özbek tili va adabiyot fanlarini öqitiş sifatini yangi bosqiçga olib çiqiş, ta’lim mazmunini zamonaviy talablar asosida takomillaştiriş hamda öquvçilarning puxta bilim va zarur könikmalarni egallaşi uçun mustahkam uslubiy asos yaratişga xizmat qiladi.

Universitet olimlarining uşbu xalqaro jarayondagi iştiroki milliy ta’lim mazmunini xalqaro tajriba bilan uyğunlaştiriş, ona tili, özbek tili va adabiyot fanlarini öqitiş usullarini takomillaştiriş hamda umumiy örta ta’lim sifatini oşirişga qaratilgan islohotlarga ilmiy-amaliy hissa böldi.