Yangiliklar

img
Tue, 12/05/2023 - 17:08

Milliy liboslarimiz, millat ko‘rki

Yoshlarimizni turli yot g‘oyalarning salbiy ta’siridan asrash, ularning milliy qadriyatlarimizga mehr-muhabbat ruhida kamol topishlariga ko‘maklashish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir. Bugun universitetimizda  “Milliy liboslarimiz, millat ko‘rki” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.  Ushbu tadbirda mohir chevarlar va dizaynerlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.     
O‘zbek milliy liboslari o‘zining bejirimligi, chiroyi, tabiiy tozaligi bilan har doim maqtovlarga munosib bo‘lgan. Zamonaviy dizaynlarda yaratilgan liboslarimiz esa mahalliy va xalqaro podiumlarning ko‘rki bo‘lib kelmoqda.
Tadbirda ta’kidlanganidek, milliy va zamonaviy liboslar qizlarimizga yarashadi. Qolaversa, bu kabi liboslar xalqimiz, ayniqsa, yoshlarimizda milliy qadriyat va milliy liboslarimizga bo‘lgan hurmat tuyg‘ularini yanada yuksaltiradi.