Millatimiz qarogʻisiz, USTOZLAR!
Yurtimizning barcha go‘shalarida bayram shukuhi. 1-oktabr — ustoz va murabbiylar kuni keng tantana qilinmoqda. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ham bu qutlug‘ sana munosabati bilan bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi. Erta tongdan barcha ustozlar musiqa ohanglari ostida, guldastalar bilan kutib olindi. Xush kayfiyat, go‘zal tilaklar, quvnoq raqslar hamrohligida boshlangan kun shogirdlarning ustozlariga ehtiromi bilan yanada munavvar bo‘ldi. Bayram har bir fakultet, har bir auditoriya, har bir ko‘ngilda davom etdi.
Bugungi kunda universitetda 185 ta professor-o'qituvchi va 1 nafar akademik talabalarga saboq berib kelmoqda. Ulardan 41 nafari fan doktori, 76 nafari fan nomzodidir. Alisher Navoiy nomidagi toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti ilmiy salohiyati bo'yicha respublikada eng yuqori o'rinlarda turadi, ya'ni ilmiy salohiyat 63.2 %ni tashkil etadi.
Ushbu universitetda bo'lajak ustozlar ham tahsil oladi, bugungi bayram ular uchun ham muqaddasdir. Kelayotgan bayram bilan barcha ustozlarni muborakbod etamiz!