Yangiliklar

img
Wed, 09/28/2022 - 20:35

Millatimiz chirog‘isiz, ustozlar!

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida bayram shukuhi. 1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.  28-sentabr kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti talabalari tomonidan ustozlar uchun bayram tuhfasi sifatida ajoyib adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.  Tadbirda fakultetning yetuk ustozlari,  yosh olimlari,  talabalar ishtirok etishdi. 
Shu kabi ajoyib tantana Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetida ham bo‘lib o‘tdi.  Yuqori kayfiyat,  ko‘tarinki ruhda o‘tgan bayram tadbirlarida harbiylar ham ishtirok etishdi.  Talabalar ijrosidagi sho‘x kuy-qo‘shiqlar,  diltortar raqslar barchaga birdek manzur bo‘ldi.  


Bayram tadbirlari davom etmoqda!