Yangiliklar

img
Wed, 05/03/2023 - 15:24

Mehnat yarmarkasi o'tkazildi

O’zbekiston respublikasi Prezidenti Admistratsiyasi rahbarining 2023-yil 7-fevraldagi № 02-PA 1/1-254-son topshiriq xati bilan tasdiqlangan  Oliy taʼlim muassasalarida talaba-yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va ularning boʻsh  vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan yagona tadbirlar kalendar rejasi”ning 25-bandida “Oliy taʼlim muassasalari talabalari, ayniqsa bitiruvchilarning bandligini taʼminlash maqsadida ish beruvchilarni jalb qilgan holda “Karyera kuni” mehnat yarmarkasini tashkil etish belgilangan. Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti unversitetida ham  bitiruvchilarning bandligini ta’minlash maqsadida qator yetakchi ish beruvchi tashkilot, muassasa, manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda  “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi va "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi.


Yarmarkani о‘tkazishdan kо‘zlangan asosiy maqsad talaba-yoshlarni mehnat bozoriga olib kirish hamda kelajakda о‘z mutaxassisliklari bо‘yicha mehnat faoliyatini olib borib, kelgusida jamiyatimiz ravnaqi uchun munosib hissa qо‘sha oladigan raqobatbardosh kadrlar bо‘lib yetishishlariga zamin yaratishga qaratildi.

Yarmarkada qator yetakchi ish beruvchi tashkilot va muassasalar hamda manfaatdor vazirlik va idoralar о‘zlarida mavjud bо‘lgan 20000 dan ziyod bо‘sh ish о‘rinlari bilan ishtirok etdi.  Yarmarka davomida 10 dan ziyod talabamiz bilan bo'sh ish oʻrinlari uchun mehnat shartnomalari imzolandi.