Yangiliklar

img
Wed, 10/05/2022 - 11:03

Matnga kirish ishtiyoqi yoxud bir g‘azal sharhi

Joriy yilning 28-sentabr sanasida ToshDO‘TAU Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi tomonidan ilmiy-metodologik seminar tashkil etildi. Unda filologiya fanlari doktori, adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi mudiri Rashid Zohid “Matnga kirish ishtiyoqi yoxud bir g‘azal sharhi” mavzusida ma’ruza qildi. Tashkil etilgan seminarda universitetning bakalavr, magistratura ta’lim bosqichida tahsil olayotgan talabalar shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va sohaga qiziquvchi kishilar ishtirok etdilar. Ma’ruzada matnshunoslikka oid nazariy ma’lumotlardan so‘ng Alisher Navoiyning "Badoyi’ ul-bidoya" devonidan o‘rin olgan 233-g‘azalning tahlili amalga oshirildi. G‘azalning mumtoz ma’nolari, uning sharhi ishtirokchilarda qiziqish uyg‘otdi. Seminar so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.