Yangiliklar

img
Tue, 11/28/2023 - 16:00

Matndan maqtovgacha…

Joriy yilning 27-noyabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili ta’limi fakulteti Noshirlik yo‘nalishi 3-kurs talabalariga o‘qituvchi Uldona Abdurahmonova “O‘zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyida “Tahrir nazariyasi va texnikasi” fanidan mazkur nashriyot ish jarayoni asosida “Muqova va matn dizayni konsepsiyasi” mavzusida noan’anaviy dars o‘tkazdi. 
“O‘zbekiston” nashriyot matbaa ijodiy uyi bosh muharriri Azimboy Babaniyazov talabalarga nashriyotga kelgan turli materiallarning kitob holida bosishga tayyor holatga kelgunigacha bo‘ladigan jarayonlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Nashriyotning sifat bo‘yicha 1-toifali muhandisi Shahnoza Abdullayeva har bir bosqich bo‘yicha ijodiy safar uyushtirdi. Natijada, talabalar har bir bo‘limlarda olib borilayotgan faoliyatni kuzatishdi. Ayniqsa, brayl alifbosida nashrga tayyorlanayotgan darsliklarning ishlanish jarayoni ularda katta qiziqish uyg‘otdi. Musahhih, muharrir, dizayner, sahifalovchi, texnik xodimlarning ishi bilan batafsil tanishildi. 
So‘ng talabalarni qiziqtirgan muqova va matn uyg‘unligiga doir savollarga o‘qituvchi va nashriyot xodimlari javob berishdi.
Noan’anaviy o‘tilgan dars talabalarda o‘zgacha taassurot qoldirdi. Keyingi darslarni bosmaxonada o‘tkazishga kelishib olindi.