Yangiliklar

img
Thu, 11/24/2022 - 09:42

Ma’rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘llari

2022-yilning 23-noyabr kuni Toshkent shahrida “Ma’rifatparvar ayollarning ibratli hayot yo‘llari” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Oliy majlis Senati raisi tomonidan tasdiqlangan “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning ma’naviyatini yuksaltirish, ijtimoiy faolliklarini oshirish bo‘yicha “Toshkent shahar tajribasi”ni yaratish chora-tadbirlari ijrosi hamda oila va jamiyat ustuni, hayotning fayzi va ko‘rki bo‘lgan xotin-qizlarni e’zozlash, ma’rifatparvar ayollarga ehtirom ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan mazkur tadbirda Respublika Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi, Respublika bosh prokraturasi, Olmazor tuman hokimligi, ushbu tuman prokraturasi, “Oila va xotin-qizlar”, “Ma’naviyat va ma’rifat” bo‘limlari vakillari, olima ayollar faol ishtirok etdilar.

Unda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Munavvara Qurbonova ma’ruza bilan qatnashib, O‘zbekiston Respublikasidagi keng ko‘lamli islohotlar mohiyati, qabul qilinayotgan Qonun hujjatlari, davlat dasturlarining ahamiyatini atroflicha sharhlash va tushuntirish, yoshlarni Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi fidokorona xizmatlari uchun tashakkurnoma bilan taqdirlandi.