
Ma'rifatli yoshlarni tarbiyalash yo'lida
Joriy yilning 10-dekabr kuni Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida navbatdagi mazmunli uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda el suygan ijodkorlar – adiba Zulfiya Mo‘minova, shoir Xosiyat Bobomurodova va yozuvchi Abdumajid Azimov, adabiyotshunos Jabbor Eshonqul ishtirok etdilar.
Mazkur uchrashuv ijodkorlar bilan bevosita muloqot qilish, ularning ijodiy yo‘llari, asarlaridagi g‘oyalar va maqsadlar haqida batafsil ma’lumot olish imkonini berdi. Tadbir davomida yozuvchi va shoirlar o‘z hayotiy tajribalari, ijodiy ilhom manbalari hamda yosh avlod uchun o‘rnak bo‘luvchi pand-nasihatlari bilan o‘rtoqlashdilar.
Tadbir qatnashchilari ijodiy uchrashuvda adabiyotning jamiyatdagi o‘rni, o‘zbek tilining rivoji va madaniy merosni targ‘ib qilish masalalari yuzasidan qiziqarli suhbatlar olib bordilar. Ayniqsa, ijodkorlarning she’r va hikoyalari tadbir ishtirokchilarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.
Uchrashuvlar universitetga biriktirilgan Toshkent viloyatining Yangi yo‘l shaharidan 11 ta (1-(1-son IDUM)2-3-4-5-6-7-8-9-10-sonli) umumta’lim maktablari, Toshkent viloyatining Yangi yo‘l shahridan 21 ta(“Mezon” MFY, “Navro‘z” MFY, “Nov” MFY, “Yangiobod” MFY, “Mustaqillik” MFY, “Turkiston” MFY , “Baxt” MFY, “Yangihayot”
MFY, “Sabo” MFY, “Qovunchi tepa” MFY, “Ramadon” MFY, “Mevazor”MFY, “Baxor” MFY, “Yangibog‘”MFY, “Fayzabod” MFY, “Olmos” MFY, “Ishchilar shaharchasi” MFY, “Bog‘bon” MFY, “Oltinobod” MFY, “Fayzli” MFY, “Faravon” MFY) mahallalari yoshlari uchun ham tashkil etildi. uchrashuvlar bilvosita ishtirok etish imkoniyati ham yaratilib, ZOOM platformasi yordamida onlayn barchaga havola etildi.
Loyiha kun davomida o'tkazilib, gulxan atrofidagi oqshomgi yoshlarning nazm va navo kechasi bilan yakunlandi.
Ushbu uchrashuv nafaqat yosh ijodkorlar uchun, balki barcha adabiyot ixlosmandlari uchun esda qolarli bo‘ldi. Loyiha doirasida o‘tkazilayotgan bunday tadbirlar yoshlarda ma’naviy o‘sish, ijodiy salohiyatni rivojlantirish va milliy adabiyotimizga bo‘lgan hurmatni yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.
Tadbir so‘ngida mehmonlarga universitet rahbariyati va talabalari tomonidan samimiy minnatdorlik bildirilib, esdalik sovg‘alari topshirildi.