
Sat, 12/14/2024 - 07:17
"Ma'rifat ulashib" loyihasi davom etmoqda
Ushbu loyiha bugungi kunda mamlakatimzda amalga oshirilayotgan islohotlar mohiyatini yosh avlod qalbiga yetkazishda muhim o'rin tutmoqda. Univetsitetimiz Oʻzbek adabiyoti tarixi va matnshunoslik kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Samarqand davlat universiteti talabalari va professor-o‘qituvchilari bilan o’tkazilgan ijodiy muloqotda ishtirok etdi. Tadbir tumanlardagi maktablarda davom etdi.