Yangiliklar

img
Fri, 12/15/2023 - 20:55

“Ma’rifat maydoni” ko’rik tanlovi g’oliblari aniqlandi

15-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti iqtidorli talabalari o’rtasida “Ma‘rifat maydoni” ko’rik tanlovi oʻtkazildi. Tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad talabalarnig bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish, iqtidorli yoshlarni namoyon etish, san’atga bo’lgan qiziqishini oshirish va jamiyatda yoshlar o’rtasidagi turli salbiy illatlarga talaba va yoshlarning fikr va mulohazalarini bilish va sahna ko’rinishlari orqali keng jamoatchilikka namoyon etishdan iborat. Tanlov davomida talaba-yoshlar 3 ta shart bo’yicha bellashdilar. Tanlov qiziqarli sahna ko’rinishlariga boy bo’ldi. Tanlovning yakuniy natijalariga ko’ra, 1-o’rinni “Hurriyat” jamoasi, 2-o’rinni “Dorilfunun” jamoasi va 3-o’rinni “Birdamlik” jamoasi qoʻlga kiritdi. Gʻolib boʻlgan jamoalar quyidagicha taqdirlandi.
“Hurriyat” jamoasiga hududiy bosqichda omad tilaymiz.