Yangiliklar

img
Wed, 03/26/2025 - 17:04

Ma’rifat darslari davom etmoqda

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida oʻtkazilgan “Ma’rifat darsi” doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Darsni filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborov olib bordi.
Mashgʻulot davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning soʻnggi qaror va tashabbuslari, mamlakatning xalqaro hamkorlikdagi ishtiroki hamda ichki islohotlar muhokama qilindi. Xususan, Rossiya, AQSH va Yevropa Ittifoqi bilan parlamentlararo hamkorlik, ichimlik suvi va issiqlik ta’minoti, qishloq xoʻjaligi va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Bundan tashqari, davlat rahbarining Navroʻz bayrami munosabati bilan yoʻllagan tabrigi va undagi asosiy gʻoyalar, jamiyatni birlashtirish va ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash yoʻnalishidagi tashabbuslar tahlil qilindi.

  

Darsda ishtirok etgan talabalar mamlakat rivoji va kelajakdagi islohotlarga oid savollar bilan murojaat qilishdi, professor Jabborov ularning har biriga atroflicha javob berdi. Ushbu mashgʻulot talabalarning dunyoqarashini kengaytirish va mamlakatdagi siyosiy jarayonlarga bo‘lgan tushunchalarini mustahkamlashga xizmat qildi.