Yangiliklar

img
Thu, 05/18/2023 - 09:50

Mardlar kurashda sinaldi

17- may kuni Milliy kurash  bo'yicha Universitet birinchiligi o'tkazildi. Hozirgi kunda bu sport turlari bilan mamlakatimiz aholisi qolaversa yoshlarimiz ham sevib shug‘ullanib kelishmoqda. Milliy kurash turlari jismoniy barkamol, ma’naviy yetuk inson qilib tarbiyalash vositalaridan biri hisoblanadi. Musobaqa yakuniga ko'ra faxrli birinchi o'rin Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti 2-bosqich talabasi Ro'ziboyev Nuraliga, ikkinchi o'rin Ona tili va adabiyot ta'limi fakulteti 3-bosqich talabasi Ziyadullayev Abbosga, uchinchi o'rin O'zbek tili ta'limi fakulteti 2-bosqich talabasi Toxirov Jamshidga nasib etdi. Faol ishtirokchi  nominatsiyasi bilan Javliyev Olim taqdirlandi. 
O’zbek milliy kurashining jahon arenasiga chiqib, milliy mustaqillik yillarida shiddat bilan bir xalqning ma’naviy,-jismoniy qadriyatidagi turli xalqlar va millatlarning udumiga aylanganligi olamshumul hodisadir. Zeroki, kurash o’z jangovorligi, go’zalligi, jozibadorligi, halolligi bilan barchaning mehrini uyg’otgan, o’ziga katta qiziqish uyg’ota olgan, sport turi desak mubolag’a bo’lmaydi.