Yangiliklar

img
Fri, 08/05/2022 - 10:23

mandat.dtm.uz saytidagi ma’lumotlar yangilandi

Davlat test markazining mandat.dtm.uz saytiga 2022-2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda abituriyentlar mazkur sayt orqali tegishli oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi, ta’lim tili va shaklini tanlagan holda mazkur ta’lim yo‘nalishiga qancha abituriyent ro‘yxatdan o‘tganini ko‘rishlari mumkin.

Shuningdek, abituriyentlarni ID raqami orqali qidirish imkoniyati ham mavjud bo‘lib, “Batafsil” tugmasi bosilganda quyidagi ma’lumotlar aks etadi:

- abituriyent tanlagan oliy ta’lim muassasalari;
- OTM doirasida tanlangan ta’lim yo‘nalishlari;
- ta’lim yo‘nalishlari qaysi ta’lim shakllari doirasida tanlangani;
- davlat granti asosidagi qabul rejasi;
- to‘lov-kontrakt asosidagi qabul rejasi;
- ta’lim tili (test topshiriqlari shu tilda beriladi);
- tanlov ustuvorligi (tanlov qanday amalga oshirilishi).

Bundan tashqari, abituriyentlar test sinovida ishtirok etganidan so‘ng, test natijalarini ham mazkur sayt orqali bilishlari mumkin bo‘ladi.