Manbalar tahlili va ilmiy bahslar
Joriy yilning 26-oktabr sanasida ToshDO‘TAU Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalari fakulteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kafedrasi tomonidan ilmiy-metodologik seminar tashkil etildi. Unda filologiya fanlari doktori, matnshunoslik va adabiy manbashunoslik kafedrasi dotsenti Manzar Abdulxayrov “Badiiy matn talqini muammolari (Alisher Navoiy asarlari misolida” mavzusida hamda Adabiyot tarixi kafedrasi dotsenti Akram Dehqonov “Alisher Navoiy biografiyasiga oid muhim ma’lumot xususida” mavzusida ma’ruza qildilar. Tashkil etilgan seminarda universitetning bakalavr, magistratura ta’lim bosqichida tahsil olayotgan talabalar shuningdek, ilmiy tadqiqotchilar, doktorant va sohaga qiziquvchilar ishtirok etdilar.

Ma’ruzada Alisher Navoiy asarlarini talqin va tahlil etish masalalari, undagi yangi ma’nolarni kashf etish, shoir hayotida o‘rin tutgan ba’zi voqeliklar xususida so‘z yuritildi. Seminar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi. Seminar so‘ngida Alisher Navoiyning “Badoyi’ ul-bidoya” devoniga kirgan fardlardan namunalar sharhi amalga oshirildi. Seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar oldilar.


