Ma'naviyat masalalari muhokama etildi
Joriy yilning 28-fevral kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida maʼnaviyat masalalalariga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazildi. Unda tyutorlar, xotin-qizlar masalalari boʻyicha maslahatchilar, maʼnaviyat masalalari boʻyicha dekan muovinlari, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori ishtirok etdi. Yigʻilishni Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor B.Xoliqov olib bordi va universitetda maʼnaviy masalalar borasida amalga oshirilayotgan ishlar, bajarilishi lozim boʻlgan vazifalar xususida toʻxtalib oʻtdi. Ayniqsa, universitetda xotin- qizlar masalalari borasidagi ishlarni yanada jonlantirish, qizlarni turli tadbirlar va toʻgaraklarga kenga jalb etish, shuningdek, ular bilan ishlashda psixolog bilan birgalikda individual suhbatlar olib borish, turli mazmundagi treninglarni tashkil etish masalasiga katta urgʻu berdi.
Shu bilan birga prorektor oʻz soʻzida tyutorlarning ishlarini muntazam takomillshtirib borish masalasiga eʼtiborini qaratdi. Mahallalarda yoshlar bilan ishlashda hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, ushbu mexanizm boʻyicha talabalarni targʻibot va tashviqot ishlariga jalb etish masalalari muhokama etildi.
Yigʻilishda mart oyi rejalari, maʼnaviy tadbirlar, badiiy kechalar, kitobxonlik bayramlari haqida ham kelishib olindi.


