
Ma’naviy ishlar samaradorligini yanada oshirish shart
Joriy yilning 22-avgust kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti ma’naviyat kengashining navbatdagi yig’ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig’ilishda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlikning so‘nggi holati bo‘yicha hisobotlar eshitildi. ToshDO‘TAU Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Bahodir Xoliqov yangi o‘quv yilida universitet ma’naviy hayotiga doir eng zarur vazifalar ularning ijrosi bo‘yicha barcha fakultet tyutorlari, bo‘lim boshliqlari va jamoat tashkilotlari vakillariga ma’lumot berdi. Xususan, “Birinchi kurs maktabi” tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etish, TTJlarga joylashish bo‘yicha ishchi guruh ishini to‘g’ri tashkil etish, “Mustaqillik darslari”da talabalar uchun zarur g’oyaviy fikrlarni taqdim etish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig'i Abdug‘ani Nasriddinov ayrim ziddiyatli holatlarda korrupsiogen tuzoqlarga tushib qolmaslikka hamda barcha jarayonlarni shaffof va adolatli tashkil etishga chaqirdi.