Yangiliklar

img
Mon, 02/21/2022 - 16:16

Malakaviy pedagogik amaliyotiga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi va Maktabgacha taʼlim vazirligining 2019-yil 5-martdagi 10-sonli qoʻshma qarori, amaldagi oʻquv reja, Amaliy  filologiya fakulteti kengashining 2022-yil   21-fevraldagi  5-sonli bayonnomasi, Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi talabalarining malakaviy pedagogik amaliyot dasturiga asosan  Oʻzga tilli guruhlarda oʻzbek tili taʼlim yoʻnalishi 4-kurs talabalarining   2022-yil 21-fevraldan 11-iyungacha oʻquv jarayonidan ajralgan holda  malakaviy pedagogik amaliyotni oʻtashi belgilangan. Shu munosabat bilan  2022-yil  21-fevral kuni  Amaliy filologiya   fakulteti   4-kurs talabalari bilan malakaviy  pedagogik amaliyotiga bagʻishlangan konferensiya oʻtkazildi. Unda universitet oʻquv-metodik boʻlimi boshligʻi V.Nazarov,  Amaliy  filologiya fakulteti dekani S.Muhamedova,  dekan oʻrinbosarlari  N.Nurabdullayev, S.Xudoyberdiyeva,  Amaliy filologiya kafedrasi professor-oʻqituvchilari hamda  amaliyot rahbarlari ishtirok etishdi. Konferensiyada  talabalar pedagogik amaliyotning bitiruvchilar uchun ahamiyati tushuntirilib,  amaliyot davrida amalga oshirishi kerak boʻlgan ishlar, xususan, bu jarayonda yuritilishi zarur bo‘ladigan meʼyoriy hujjatlar, amaliyotni o‘tash tartibi, shakli, mazmuni kabi qator  masalalar muhokama qilindi, bular  yuzasidan tushuntirishlar berildi.  Talabalarning pedagogik  amaliyot bilan bogʻliq savollariga  masʼullar batafsil javoblarni  berishdi, talabalar bilan maxsus telegram guruhlar tashkil qilinib, barcha tashkiliy masalalar kelishib olindi.