Yangiliklar

img
Sat, 06/06/2026 - 11:04

Malakaviy amaliyot bo‘yicha seminar-trening

2025/2026-o‘quv yilida nazariya va amaliyot uyg‘unligini ta’minlash, shuningdek, ijtimoiy himoya tizimi xodimlari hamda soha amaliyotchilarini ta’lim jarayoniga keng jalb etish maqsadida joriy yilning 5-iyun kuni universitetda seminar-trening tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish sho‘basi bosh mutaxassisi Haytboy Xasanbayevich Iskandarov, universitet Amaliyot bo‘limi xodimlari hamda amaliyotga mas’ul kafedra professor-o‘qituvchilari ishtirok etdi.

Seminar-trening davomida “Ijtimoiy ish” bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 1-bosqich kunduzgi va masofaviy ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalari uchun malakaviy amaliyotni joylarda samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tadbirda talabalarga amaliyotni o‘tash muddatlari, amaliyot bazalari, amaliyotni tashkil etish tartib-qoidalari hamda kundalik amaliyot jarayonida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan batafsil tushuntirishlar va amaliy tavsiyalar berildi. Shuningdek, amaliyot davomida kasbiy mas’uliyat, hujjatlar bilan ishlash, etik me’yorlarga rioya qilish va ijtimoiy himoya muassasalari faoliyati bilan yaqindan tanishishning ahamiyati alohida ta’kidlandi.

 

Mazkur seminar-trening talabalarning nazariy bilimlarini amaliy ko‘nikmalar bilan mustahkamlash, ularni kelajakdagi kasbiy faoliyatga puxta tayyorlash hamda ijtimoiy himoya tizimi tashkilotlari bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.