Yangiliklar

img
Sat, 04/23/2022 - 19:18

Malaka oshirish kursi tinglovchilari sertifikat bilan taqdirlandi

Shu yilning 11-aprelidan 23-aprel sanasigacha Ichki ishlar vazirligi hamda universitetimiz huzuridagi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'linmalarida xizmat qilayotgan mutaxassislar malaka oshirish kursi tinglovchilari safiga qabul qilingan edi.

Ular 14 kunlik malaka oshirish kursiga to‘liq qatnashishdi. Malaka oshirish kursi so’nggida yakuniy imtihon  topshirgan 24 nafar tinglovchilarning 22 nafari  yuqori natijalarni ko‘rsatishdi.

Joriy yilning 23-aprel kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universitetida Ichki ishlar vazirligi hamda universitetimiz huzuridagi Ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'limlarida xizmat qilayotgan mutaxassislar  imtihon ishchi guruh vakillari tomonidan sertifikatlar bilan taqdirlanishdi.